Yangiliklar
2021-yil sarhisobi. 11-sonli: «Avtotransport va mexanizmlar boshqarmasi: Harakat xavfsizligini ta'minlash — asosiy vazifamiz!»
  • 04.02.2022
  • 585

Avtotransport vositalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazish, harakat xavfsizligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega.

 

O‘tgan 2021-yil davomida hududiy YHX boshqarmalari bilan hamkorlikda barcha avtotransport vositalari o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, harakat xavfsizligini ta'minlash borasida har 2 yilda bir marotaba haydovchilarning malakasi oshirish bo‘yicha tegishli markazlarda o‘qitilib kelinmoqda. 

 
 

O‘tgan yil davomida investitsion dasturlar doirasida hamda jamiyatimiz mablag‘lari hisobidan filiallarimiz uchun jami 30 dona, jumladan:

    - 6 ta brigada avtomashinasi;

    - 2 ta “KamAZ” rusumli yuqori o‘tuvchanlikka ega tyagach;

    - 4 ta tayanch ustunlari tashiydigan maxsus yarimtirkama (oporovoz);

    - 1 ta "IVECO" rusumli ETL avtomashinasi;

    - 1 ta UAZ-236324 “Profi” yuk avtomashinasi;

    - 1 ta UAZ-2363 “Patriot” rusumli operativ avtomashinasi;

    - 1 ta "LADA" 4x4, 21310 “Niva”;

    - 3 ta "KamAZ" tyagach avtomashinalari;

    - 1 ta "KamAZ" yuk avtomashinasi;

    - 7 ta operativ xizmatlar uchun yengil avtomashinalar xarid qilindi;

    - 2 dona Damas rusumli avtomashina;

- 1 dona Labo rusumli yuk avtomashinasi. 

 

Tayanch ustuni hamda navbatchi brigadalar tashishga mo`ljallangan avtotransformatorlar

 

  Shu bilan bir qatorda, “Andijon MET” filiali avtogaraji uchun zamonaviy mobil turidagi yoqilg‘i tarqatish konteynerli stansiyasi (KAZS konteynernaya avtozapravochnaya stansiya) bilan ta'minlandi. Shu yo‘nalishda qolgan filiallarda avtoxo‘jalik hududi va yoqilg‘i tarqatish punktlari o‘rnatilgan tartibda tashkil qilingach, zamonaviy yoqilg‘i tarqatish kolonkalari xarid qilish rejalashtirilgan.

 

Energoob'ektlarni kapital va joriy ta'mirlash, shuningdek, energetika ob'ektlarida favqulodda holatlarni oldini olish maqsadlarida Avtotransport va mexanizmlar boshqarmasi ishtirokida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan:

    - “Sirdaryo MET” filiali “Go‘zal” podstansiyasidagi oqova suvlarning o‘zanini to‘g‘irlash va yangilash maqsadida ekskavator texnik yordamga jo‘natildi va ishlar to‘liq bajarildi;

    - Sel-toshqin davrida “Qashqadaryo MET” filialining yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari tayanch ustunlarini mustahkamlash va sel oqimi yo‘nalishini o‘zgartirish uchun ekskavator texnik yordamga jo‘natildi, belgilangan doirada ishlar bajarildi;

    - “Surxondaryo MET” filialiga tegishli L-519 havo tarmog‘ining Panjob daryosi bo‘yida joylashgan 390-sonli tayanch ustun tag qismini mustahkamlash uchun buldozer texnik yordamga jo‘natildi, belgilangan ish to‘liq bajarildi;

    - “Farg‘ona MET” filialiga tegishli L-20-D va L-524 yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari tag qismini qum barxanlaridan tozalash, ankerlarini mustahkamlash ishlari uchun buldozer texnik yordamga yuborildi, hozirda rejalashtirilgan ishlar to‘liq bajarildi;

    - “Farg‘ona MET” filialiga tegishli Tojikiston Respublikasi hududidan o‘tgan L-503 yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari tag qismini mustahkamlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun “Farg‘ona MET” filialining bir qancha maxsus texnikalari va “Magistraltarmoqqurilish” filialining buldozeri bilan ish hajmi to‘liq bajarilgan;

 

    - “Jizzax MET” filialining “DNS-2” podstansiyasini kengaytirish va “Sirdaryo MET” filialining “Go‘zal” podstansiyasida olib borilayotgan kapital ta'mirlash ishlarini jadallashtirish maqsadida “Buxoro MET” filiali tarkibidagi 500 kV kuchlanishli “Qorako‘l” podstansiyasidan elektr uskunalarini tashish uchun “Magistraltarmoqqqurilish” filialining 2 ta "MAN" rusumli tyagachi va “Xorazm MET” filialining 1 ta "KamAZ" rusumli tyagachi texnik yordamga jo‘natildi va ushbu avtomashinalar hamda “Energomaxsusavto” MChJning transport vositalarida Buxoro-Jizzax-Yangier yo‘nalishida 70 dan ortiq qatnovlar amalga oshirildi;

    - “Surxondaryo MET” filiali hududida amalga oshirilayotgan 500 kVli “Surxon– Puli-Xumri” elektr uzatish tarmog‘i va L-507 elektr uzatish tarmoqlaridaga tayanch ustunlarini tag qismini qum barxanlaridan tozalash va mustahkamlash maqsadida buldozer va traller bilan ta'minlandi;

    - “Toshkent MET” filiali L-19-D havo tarmog‘idan 110 kVli elektr tarmog‘ini qurilish ishlarini jadallashtirish maqsadida, “Buxoro MET” filialidan 60 dona SK-22 rusumli tayanch ustunlarini tashishda “Toshkent MET” filialining 2 dona tayanch ustunlarini tashishga mo‘ljallangan tyagach va yarim tirkamalar, “Navoiy MET” filialining avtokrani, “Buxoro MET” filialining avtokrani va boshqa maxsus texnikalar jalb qilindi;

    - “Toshkent MET” filialining L-19-D yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i qurilishi ishlarini jadallashtirish maqsadida 15 dan ortiq maxsus texnikalar jalb qilindi.

 

Yuk va passajir tashishda, yuk ko‘tarishda hamda maxsus ishlarni bajarishda nosoz texnikalardan foydalanish jarayonida inson xavfsizligini ta'minlash, favqulodda holatlar oldini olish maqsadida ta'mirlash iqtisodiy samara bermaydigan, ma'nan eskirgan “Qashqadaryo MET” filiali balansidan: 1 dona yengil, 1 dona avtobus avtomashinasi, “Toshkent MET” filiali hisobidan: 2 dona yengil va 1 traktor transport vositasi, “Xorazm MET” filiali balansidan: har xil turdagi 7 dona mexanizmlar va “Samarqand MET” filiali balansidan 3 ta yuk avtomashinasi, 1 dona traktor pritsepi asosiy vositalar hisobidan chiqarildi.

Jamiyatimiz filiallari tarkibidagi avtoxo‘jaliklar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida hududlarga chiqib doimiy ravishda amaliy yordamlar berib kelindi. Jumladan, “Qashqadaryo MET”, “Surxondaryo MET”, “Energomaxsusavto” MChJ, “Magistraltarmoqqurilish”, “Sirdaryo MET”, “Jizzax MET” va “Samarqand MET” filiallar faoliyatlari o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar berildi.

2021-yil davomida neft mahsulotlarini iqtisod qilish maqsadida 15 dona avtomashinani gaz yoqilg‘isiga qayta jihozlash rejalashtirilgan bo‘lib, reja 100% to‘liq bajarildi.

Logistika yo‘nalishida investitsion dasturlarni hamda ta'mirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida og‘ir yuk mashinalar orqali har xil turdagi metal konstruksiyalar, energouskunalar, katta hajmli va og‘ir bo‘lgan katta kuchlanishli transformatorlar respublika bo‘ylab beto‘xtov va operativ ravishda yetkazib berish ishlari amalga oshirildi.

Avtotranspart vositalari shay holatda va beto‘xtov operativ vazifalarni amalga oshirish maqsadida, filiallar uchun elektron xaridlar orqali jami 132 dona har xil turdagi akkumulyator batareyalari va 441 dona har xil turdagi avtoshinalar xarid qilinib, talabnomalar asosida filiallarga tarqatildi. Shuningdek, yuk ko‘tarish mexanizmlari uchun xavfsiz yuk ko‘tarish ishlarini bajarish maqsadida 200 metr tross, 12 turdagi yuk ko‘tarish moslamalari, stropalar bilan ta'minlandi.

Xodimlar va haydovchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sport mashg‘ulotlarini bilan shug‘ullanib turish maqsadida “Farg‘ona MET” filiali avtoxo‘jaligi hududida xo‘jalik usuli bilan voleybol va futbol maydonchalari qurildi.

 
 
“Farg`ona MET” filiali atoxo`jaligi hududida tashkil qilingan sport maydonchasi
 
 

2022-yilda boshqarma o‘z oldiga bir qator vazifalarni rejalashtirdi.

Jumladan, maxsus texnikalarni doimiy shay holatda saqlash, ta'mirlash iqtisodiy samara bermaydigan texnikalarni hisobdan chiqarish, neft mahsulotlarini iqtisod qilish maqsadida gaz yoqilg‘isiga qayta jixozlash, GPS-tizimi o‘rnatish, avtoxo‘jaliklarimizni yangi va zamonaviy turdagi yoqilg‘i tarqatish kolonkalari bilan ta'minlash, doimiy ravishda joriy va mukammal ta'mirlash ishlarini o‘tkazish, me'yoriy xujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini ta'minlash, avtotransport ishi boshqaruvini raqamlashtirish, barcha turdagi texnikalarni doimiy shay holatga keltirish kabi vazifalar asosiy maqsad sifatida belgilab olindi.

 ✍️  Nodir Azimov, Avtotransport va mexanizmlar boshqarmasi boshlig‘i


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>