Yangiliklar
220 kV kuchlanishli “Keles” podstansiyasida “Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi” tadbiri o‘tkazildi
  • 10.12.2021
  • 509

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialining “Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi” tadbiridan lavhalar

 

Yodingizda bo‘lsa, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2021- yil 1- noyabr sanasida “Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 326-sonli buyrug‘i imzolangani, Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi filiallar hamda filiallar tarkibidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2021- yil 16- noyabrdan 16-dekabrgacha yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8939

“Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi” tadbirlari Aksiyadorlik jamiyatining 84 ta yuqori kuchlanishli podtansiyalarida o‘tkazilmoqda. Misol uchun, “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Gulcha” podstansiyasida yong‘in xavfsizlik oyligi tadbirlari doirasida o‘quv mashg‘ulotlari “Ishonch-TV” telekanali, “ZAMIN-ONLINE” dasturi orqali yoritildi.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/9309

Bunday tadbirlar poytaxt — Toshkent shahrida joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarda ham o‘tkazilmoqda. “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali direktorining 2021-yil 5-noyabrdagi 178-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi” tadbirining navbatdagisi bugun, 2021-yil 10-dekabr kuni “Keles” podstansiyasida bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir uch bosqichda tashkil etildi:

1-bosqich: Yong‘in sodir bo‘lganda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini qanday ishlatishni ishchi-xodimlarga ko‘rsatib berish.
2-bosqich: Yong‘in xavfsizligi xodimlari va podstansiya xodimlarining yong‘in sodir bo‘lgandagi harakati.
3-bosqich: Kelib chiqqan yong‘in natijasida jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish.

220 kV kuchlanishli “Keles” podstansiyasidagi tadbirda, shuningdek, Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Olmazor tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakillari, O‘zbekiston milliy axborot agentligidan jurnalistlar ishtirok etishdi.

Shu o‘rinda bir jihatni alohida ta'kidlash lozimki, mutaxassis-xodimlar o‘z bilim-tajribalarini turli imtihon, sinov va ko‘rik tadbirlarida takrorlab turishi, malakasini oshirib borishi, yangiliklardan voqif bo‘lishi shart. Aks holda, turli vaziyatda jamoa bo‘lib ishlash, to‘g‘ri qaror qabul qilish, tezkorlik va samarali ish natijasi susayib ketishi mumkin. Boz ustiga, zamonaviy podstansiyadagi yangi qurilma va jihozlar raqamli texnologiyalarga asoslangan bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatish birmuncha sinovdan o‘tkazilgan bilim-malakani talab etadi.

E'tiboringizga havola etilayotgan suratlar tadbir jarayoni qayday borgani haqida so‘zlaydi.

 

 

 
 
 
 
 

 ✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>