Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ Chirchiq shahridagi «Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi»da ishtirok etmoqda
  • 25.11.2021
  • 337

  Ayni paytda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida «Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi» o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda «O‘zbekiston MET» AJ Xaridlar, mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish boshqarmasi hamda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha ishlab chiqarilgan va amaliyotda foydalanilayotgan elektr uskuna-jihozlari, ehtiyot qismlarni tadbirkorlarga namoyish etishmoqda.

⇒ Sanoat yarmarkasining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Galina Saidova so‘z olib, yurtimizda an'anaviy tarzda o‘tkazilayotgan sanoat yarmarkasi — mamlakatimizda yaratilgan tadbirkorlik muhitining mahsuli ekanini alohida e'tirof etdi.

Eslatib o‘tamiz, Sanoat yarmarkasida o‘nlab yirik sanoat korxonalari qatorida mamlakatimizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yuzdan ziyod o‘rta va kichik biznes vakillari, tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.

✍️ Axborot xizmati

>