Yangiliklar
“Yashil makon” umummilliy loyihasi: namanganlik energetiklar "dolzarb 40 kunlik"da faol ishtirok etishmoqda
  • 16.11.2021
  • 419

  Barchamizga ma'lumki, joriy yil 2-noyabr kuni Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash choralari ko‘rib chiqilgan edi. Unga ko‘ra yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali yurtimizdagi yashil maydonlarni amaldagiga nisbatan bir necha barobarga oshirish reja qilingan. Shu bilan birga, 2021-yil 2- noyabrdan boshlab 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik" e'lon qilindi.

 

 “Yashil makon” umummilliy loyihasi mamlakatimizdagi barcha korxona va tashkilotlar tomonidan jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Jumladan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Andijon, Toshkent shahar, Qashqadaryo va Samarqand magistral elektr tarmoqlari filiallarida o‘tkazilgan tadbirlar Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida keng yoritildi.

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/9080

  Misol uchun, 2021-yil 2-noyabrdan boshlangan "dolzarb 40 kunlik" ichida, aniqrog‘i bugungi kunga qadar “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Sardor”, “Qizil-rovot” va “Obi-xayot” podstansiyalarining hududlari atrofiga jami 860 tup ignabargli daraxtlar va turli xildagi mevali ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Qisqa qilib aytganda, “Yashil makon” tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan namanganlik energetiklar o‘zlari mehnat qilayotgan elektr ob'ektlarida 370 tup mevali va 490 tup manzarali daraxtlar ekishmoqda. 

  Bundan tashqari, ma'muriy binolar atrofiga filial kasaba uyushma qo‘mitasi raisi B.Nematullaev boshchiligida yana 98 dona manzarali va 203 dona mevali daraxtlari ekildi. Uyushtirilgan hashar tadbirlarida filial binolari atrofiga sovuqqa chidamli gul ko‘chatlari ham o‘tqazilib, obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

  Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida tomonidan o‘tkazilgan videoselektor majlisida Aksiyadorlik jamiyatining har bir a'zosi o‘rtacha 6 tupdan daraxt ko‘chatlari ekishi reja qilingani va bu energetiklarning “Yashil makon” umummilliy loyihasiga qo‘shgan munosib hissasi bo‘lishi alohida e'tirof etilgan.

 ✍️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Kasaba uyushmasi Boshlang‘ich tashkiloti 

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>