Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Qarshi shahrida o‘z ishini boshlagan sanoat yarmarkasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘zbekiston MET» AJdan ham vakillar ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Galina Saidova, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev, avvalo yurtimizda tadbirkorlik muhitini yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Sanoat yarmarkasi tashkilotchilari, homiy va hamkorlar ishini yuqori baholashdi.
Eslatib o‘tamiz, Sanoat yarmarkasida yuzdan ziyod sanoat korxonalari, o‘rta va kichik biznes vakillari, tadbirkorlar ishtirok etishmoqda. Unda «O‘zbekiston MET» AJ mutaxassislari mahalliy tadbirkorlar bilan yangi turdagi qurilma va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish yuzasidan kelishuvlarga erishmoqda.
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati