Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ Qarshi shahridagi «Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi»da ishtirok etmoqda
  • 11.11.2021
  • 272

Ayni paytda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida «Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi» o‘z ishini boshladi. Unda «O‘zbekiston MET» AJ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali ham ishtirok etmoqda. Sanoat yarmarkasida o‘nlab yirik sanoat korxonalari qatorida mamlakatimizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yuzdan ziyod o‘rta va kichik biznes vakillari, tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.

Tashkilotchilarning ma'lum qilishicha, Sanoat yarmarkasining rasmiy ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan delegatsiya — vazirlik va idora vakillar ishtirok etadi.

  Qarshi shahrida o‘z ishini boshlagan sanoat yarmarkasida ko‘plab shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda. «O‘zbekiston MET» AJ mutaxassislari elektr qurilma va asboblarini mahalliy tadbirkorlar bilan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflarini bildirmoqda.

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>