Yangiliklar
Energetika vazirligi: 2025-yilga borib umumiy quvvati 7 331 MVt bo‘lgan 18 ta issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi
  • 05.10.2021
  • 306

  Energetika vazirligi tashkil topganidan so‘ng, 2 yarim yil ichida elektr energetika sohasida umumiy quvvati 7 331 MVt.ga teng bo‘lgan 18 ta investitsiya bitimlari imzolandi. Shunga ko‘ra, 2025-yilga borib umumiy quvvati 7 331 MVt bo‘lgan 18 ta issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi (Bu O‘zbekistonda amaldagi elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmlarining 50 foizini tashkil qiladi). Ishga tushirilayotgan mazkur stansiyalarni viloyatlar kesimida tahlil qilamiz.

Navoiy viloyatida 2023-yilga borib umumiy quvvati 800 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan:

1. Karmana tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiya 2021-yilning avgust oyida ishga tushirildi;

2. Nurota tumanida BAAning “Phanes Group” kompaniyasi tomonidan quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2023-yilning iyul oyida ishga tushiriladi;

3. Tomdi tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi 2024-yilning to‘rttinchi choragida ishga tushiriladi.
 

Samarqand viloyatida 2023-yilga borib umumiy quvvati 320 MVt bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

4. Nurobod tumanida Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2021-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;

5. Kattaqo‘rg‘on tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2023-yil may oyida ishga tushiriladi.

6. Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 2023 yilning may oyida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Sirdaryo viloyatida 2023-yilga borib 1 720 MVt bo‘lgan 2 ta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

7. Yangier shahrida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi 2022- yilning sentyabr oyida ishga tushiriladi;

8. Shirin shahrida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1 500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi 2023- yilning to‘rtinchi choragida ishga tushiriladi.

Toshkent viloyatida 2021- yilda umumiy quvvati 710 MVt bo‘lgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

9. Qibray tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi 2021-yilning to‘rtinchi choragida ishga tushiriladi;

10. Qibray tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 230 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi 2021-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;

11. Qibray tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi 2021-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.

Buxoro viloyatida 2024- yilga borib umumiy quvvati 1 270 MVt bo‘lgan issiqlik va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan:

12. Peshku tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi 2023-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;

13. G‘ijduvon tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi 2023-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;

14. Buxoro tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi 2021-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.

15. Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 2021-yil dekabr oyida Turkiyaning “Odas Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 174 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Surxondaryo viloyatida 2025-yilga borib umumiy qkvvati 2 017 MVt bo‘lgan quyosh va issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

16. Sherobod tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2023-yilning iyul oyida ishga tushiriladi.

17. Angor tumanida Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi tomonidan quvvati 1 560 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi 2024-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.

18. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi 2024-yilda ishga tushiriladi.


Jami quvvat 7 331 MVt.

-------

Umumiy quvvati 2 000 MVt bo‘lgan issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tenderlar e'lon qilingan. Xususan:

1. Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida quvvati 1 500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender savdolari e'lon qilingan.

2. Buxoro (250), Xorazm (100) va Namangan (150) viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender savdolari e'lon qilingan.


Jami quvvat: 2 000 MVt.

--------

Joriy yilda umumiy quvvati 600 MVt.ga teng bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender e'lon qilinadi. Xususan:

1. Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida umumiy quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish.


Jami quvvat: 600 MVt

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1507

✍️"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>