Yangiliklar
ANDIJONLIK ENERGETIKLAR “YAShIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASIGA O‘ZINING MUNOSIB HISSASINI QO‘SHDI
  • 05.11.2021
  • 494

⇒   Barchamizga ma'lumki, 2-noyabr kuni Davlatimiz rahbari huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda  “Yashil makon” umummilliy loyihasi, unga ko‘ra yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, yashil maydonlarni 30 foizga oshirish reja qilingan. Shu kundan boshlab 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik" e'lon qilingan edi.

  Ushbu masala yuzasidan «O‘zbekiston MET» AJ ma'muriyati barcha magistral elektr tarmoqlari, xususan kichik ekin maydonlariga ega yuqori kuchlanishli podstansiyalarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.  Markaziy apparat xodimlari ham “Yashil makon” tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda.

  Bugun “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali ma'muriy binosi atrofiga ignabargli ko‘chatlar o‘tqazildi. Andijonlik  energetiklar “Yashil makon” loyihasi doirasidagi tadbirlarda ma'muriy bino atrofida obodonchilik ishlarini ham olib borishdi.

✍️ “Andijon MET” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti

 Axborot xizmati

>