Yangiliklar
O‘zbekiston – Rossiya Federatsiyasi: yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnik va zamonaviy muhandislik yechimi muhokama etilmoqda
  • 28.10.2021
  • 267

Online: Ayni paytda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida Rossiya Federatsiyasining “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” aksiyadorlik jamiyati hamda «Strimer ilmiy-ishlab chiqarish uyushmasi» aksiyadorlik kompaniyasi vakillari bilan ishchi tartibdagi masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

►  Bugungi uchrashuv kun tartibiga qo‘ygan masalalar yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirishda Rossiya Federatsiyasining tajribasini o‘rganish, magistral elektr tarmoqlarida yangi turdagi izolyatorlardan keng foydalanish, ularning “Orenburgenergo” tomonidan o‘tkazilgan sinovlarini ilmiy-muhandislik xulosalarini tahlil etish, «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan xarid qilinib qurilish-montaj jarayonida sinovdan o‘tkazilgan izolyatorlarning mustahkamlik va ishonchlilik xususiyatlarini tahlil etish, shu bilan birga, yashinga qarshi yangi turdagi zamonaviy moslamalarni ishlab chiqarishda keng qo‘llash va o‘ta kuchlanish holatlarida elektr ta'minoti barqarorligini saqlash, shuningdek, elektr tarmoqlariga turli holat ko‘rsatkichlarini aniqlovchi indikator moslamalari xamda axborot uzatish tizimini (internet) o‘rnatish masalalari muhokama etilmoqda.   

► Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hamda Rossiya Federatsiyasining «Rosseti» aksiyadorlik kompaniyasi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini  tasdiqlagan edi.

✅ Hamkorlikning dastlabki kelishuvlari 2019 yil 2–4 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida o‘tkazilayotgan «Rossiya Energetika haftaligi» (REH) xalqaro forumi doirasida amalga oshirilgandi.

✅ Shuningdek, Toshkentda o‘tkazilayotgan “Inno Prom” sanoat ko‘rgazmasida «O‘zbekiston MET» AJ rahbariyati Rossiya Federatsiyasining “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” AJ bilan hamkorlik o‘rnatish yuzasidan kelishuv  imzolagan edi.

✅ Bundan tashqari, 2021 yil 2–5 iyun kunlari Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov “Janubiy Ural armatura va izolyator zavodi” AJ strategik loyihalar departamenti boshlig‘i Roman yelovenko bilan uchrashib, hamkorlikning navbatdagi bosqichlarini  muhokama qilgan edi.

► Xorijiy uchrashuvlar anosi: videorolik  («INFOgrafika» studiyasi)

⇒ Batafsil ma'lumotlar:

✔️ uzbekistonmet.uz
✔️ rosseti.ru
✔️ minenergy.uz
✔️ rosseti.ru
✔️ uza.uz
✔️ ishonch.uz
✔️ uzbekistonmet.uz
✔️ tass.ru

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

https://uza.uz/

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>