Kelib tushgan murojaatlar
Murojaat: «Mening xonadonim elektr tarmoqlaridan hech qanday o‘g‘riliklarsiz foydalanadi!»
  • 23.08.2021
  • 657

Murojaat egasi: Abdullayev Miraziz Akbar o‘g‘li

Murojaatchining manzili: Toshkent shahri, abarovich212@gmail.uz

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Men Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Zangiota 1-tor ko‘chasi, 11- uyda istiqomat qilaman. Mening xonadonimga o‘rnatilgan yangicha hisoblagichda «qizil» chiroq yonib turibdi. Yaqinlarimdan surishtirib bilmasam, bu o‘g‘rilik bo‘lgab holatlarda yonar ekan va tarif bo‘yicha «ikki barobar ko‘proq» hisoblar ekan. Mening xonadonimda elektr tarmoqlaridan hech qanday o‘g‘riliklarsiz foydalaniladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, sizdan mana shu yuzaga kelgan holatni bartaraf etishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Abdullaev Miraziz Akbar o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qayd etildi va Siz murojaatda ko‘targan masala "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati vakolatlari doirasiga kirmagani bois, turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

 MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220-500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

⇒ Call markaz raqami — +998 (55) 500-5545.

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7345

  ‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELeKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

  ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

  het.uz – rasmiy veb-sayti

  Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

  Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

  Call centre: 1154

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati

Ishonch telefoni (Call markaz) +998 55 500-55-45

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>