Istanbulda harakatlanayotgan mashinalarning shamolida ishlaydigan shamol turbinalari paydo bo‘ldi. Tizim Istanbul texnik universiteti va “Devecitech” tomonidan ishlab chiqilgan.
“ENLIL” vertikal turbinalari transport harakati natijasida yuzaga kelgan havo turbulentligi tufayli elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga, quyosh energiyasini ham o‘zlashtiradi.
Yana bir ajoyib xususiyat shundaki, “ENLIL” harorat, namlik, uglerod chiqindilari va tektonik faollikni kuzatadi va bu ma'lumotlarning barchasi shahar hokimiyatiga uzatiladi.
#shamolenergiyasi
Manba: @Clearenergy
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati