OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Energetika xartiyasi kotibiyatining veb-saytida xartiya bosh kotibi Urban Rusnakning 15-17-iyul kunlari O'zbekistonga tashrifi haqida ma'lumot e'lon qilindi
  • 03.08.2021
  • 456

  Unda U.Rusnak "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyasida ishtirok etgani qayd etildi.

  "Xartiya Bosh kotibi Markaziy va Janubiy Osiyoda barqaror o'sish uchun savdo va transport aloqalari masalalari bo'yicha sessiyasida energetika tranziti va mintaqaviy o'zaro bog'liqlik haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi", — deyiladi nashrda. – U.Rusnak Energetika vaziri Alisher Sultanov bilan uchrashuvda O'zbekistonning energiya samaradorligi bo'yicha kengaytirilgan hisoboti tayyorlanayotgani haqida ma'lumot berdi. Har ikki tomon ham mintaqaviy o'zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va barqaror energetikaga investisiya kiritish shart-sharoitlarini yaxshilash borasida kelgusidagi hamkorlik to'g'risida kelishib oldilar".

  https://t.me/PRMINENERGY/538

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>