Murojaatchining nomi: Golubenko Nikolay Ivanovich
Murojaatchining manzili: Navoiy viloyati, Zarafshon shahri
Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Joriy yil fevral oyida rusiyzabon fuqarolar yashaydigan 7-7-46 va 7-7-43 manzilidagi xonadonlarga Zarafshon elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan aqlli hisoblagichlar o‘rnatilgan edi. Hisoblagichlarda xatoni bildiruvchi "Error 04" yozuvli ko‘rsatmalar paydo bo‘lib, qo‘llanda bu muammoni “bartaraf etish lozimligi” eslatib o‘tilgan. Qolgan kvartiralarda elektron hisoblagichlar normal ishlamoqda... Kechirasiz, lekin bizga bu narsa oddiy tuyulayotgani yo‘q va allaqanday sabablari mavjud bo‘lsa kerak. Elektr ustalari nima bo‘lganini bilmaymiz, deyishadi! Sizdan tajribaroq mutaxassislarni jalb etishingizni so‘raymiz. Iltimos, menga ushbu muammoni hal qilishda yordam bering.
Murojaat javob: “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 18-moddasiga asosan, ko‘rib chiqish uchun turdosh tashkilot — “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ matbuot xizmatiga yo‘naltirildi.
MA'LUMOT O‘RNIDA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, tarmoqda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
YAGONA TELEFON raqami — matbuot kotibi 71/236-68-08 va ISHONCH RAQAMI — fuqarolar murojaati uchun maxsus raqam 71/208-56-46.
!! Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati