Qiziqarli xabarlar
Janubiy Koreya dunyodagi eng yirik suzuvchi ofshor SHESni ishga tushirish rejalari haqida so‘zlab berdi
  • 19.05.2021
  • 705

  Janubiy Koreya suzuvchi poydevorli dunyodagi eng yirik dengiz shamol parkini qurish loyihasiga 36 trln von (32.1 milliard AQSh dollarini) investitsiya qilish rejalari xaqida xabar berdi.

  Uning qurilishi 2030-yilga borib Ulsan shahri yaqinida tugallanishi rejalashtirilgan. Bu mamlakatning eng yirik sanoat shahri bo‘lib, "Koreya Respublikasi sanoatining poytaxti" degan nom bilan ma'lum. Majmuaning quvvati 6 GVt ni tashkil etadi. Moliyalashtirish ham davlat, ham xususiy sektorlardan amalga oshiriladi.

  Eslatib o‘tamiz, Global shamol energetikasi Kengashining prognoziga ko‘ra, 2030-yilga kelib dunyoda 6,2 GVt suzuvchi ofshor shamol elektr stansiyalari (SHES) qurilib bitkazilishi kerak. Koreya tomonidan ilgari surilgan yangi reja esa prognozlarni oshirishi kerak.

  Gigant ofshor shamol elektr stansiyasi 5,76 mln uy xo‘jaliklarning iste'moli uchun zarur bo‘lgan miqdordagi energiyani ishlab chiqarishi mumkinligi va CO2 chiqindilarini yiliga 9,3 mln tonnaga kamaytirishi kutilmoqda.

  #buqiziq

  @Clearenergy 

https://t.me/clearenergy/980

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

  t.me/uzmetaxborotxizmati

>