Qiziqarli xabarlar
Namangandagi to‘rtta yangi qurilgan uylarning tomi quyosh panellari bilan jihozlandi
  • 15.05.2021
  • 577

  Namangandagi yangi qurilgan uylarning tomlarida, maishiy texnika uchun avtonom energiya ta'minotini yetkazib bera oladigan, 192 ta quyosh panellari o‘rnatildi. Quvvati 58 kilovatt bo‘lgan quyosh panellari, 96 xonadonni jamlagan, to‘rtta ko‘p qavatli uyning tomlarida o‘rnatildi.

  Ushbu loyiha Sun-Hightech kompaniyasi tomonidan, BMTTD/GEJ (Global ekologik jamg‘arma)ning «O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi yordamida, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonning beshta hududini qamrab olish rejalashtirilmoqda.

  #Uzbekistan

  @Clearenergy

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>