OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Onlayn: Ayni paytda O‘zbekistonda nashr etilayotgan ilmiy jurnallarni Xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritilishi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda
  • 11.05.2021
  • 426

  Ayni paytda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekistonda nashr etilayotgan ilmiy jurnallarni Xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritilishi masalalari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. Unda tashkilot va idoralardan qatnashayotgan 200 nafardan ziyod mas'ul xodimlar qatorida «O‘zbekiston milliy elektr tamoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi ham ishtirok etmoqda.

 

  Hozirgi vaqtda xalqaro ma'lumotlar bazalarida ilmiy noshirlik ishlarining ko‘payishi jahon bozorida jadal rivojlanayotgan raqobatni keltirib chiqarmoqda. Ilmiy davriy nashrlarning sifatini yaxshilash mamlakatda ilmiy jamoatchilikning samaradorligini oshirishning dolzarb vazifalaridan biridir.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi  PF-6097-sonli “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, mahalliy jurnallarni Scopus, Web of Science yoki boshqa umume'tirof etilgan ma'lumotlar bazalariga kiritishga qo‘maklashish maqsadida Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazilmoqda.

 

  Ushbu xorijiy ekspertlar ishtirokidagi davra suhbatida ilmiy davriy nashrlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha hamda yetakchi ma'lumotlar bazalarida mahalliy jurnallarning bosqichma-bosqich kiritilishi yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga qaratilgan boshqichlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik axborot markazining 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasiga asosan mahalliy olimlarning ilmiy natijalarini ilmiy-texnik axborotning xalqaro bazalarida targ‘ib qilish hamda ilmiy jurnallarning tahririyatlari va xodimlari uchun tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, ishlab chiqililgan “Yo‘l xaritasi” ga asosan belgilab olingan vazifalar bo‘yicha Markaz tomonidan ko‘maklashish ishlari davom etiriladi.

  Davra suhbatida ishtirok etayotgan xorijiy ma'ruzachilar:

    1. Djeffrey Robens – Springer Nature nashriyotining tahririyat taraqqiyoti bo‘yicha menejeri.

    2. Elizabet Detisova Ringuer – Springer Nature nashriyotining Strategik hamkorlik bo‘yicha menejeri.

    3. Arefev Pavel Gennadevich – Rossiya ilmiy elektron kutubxonasining – «eLibrary.Ru» tahliliy bo‘limi boshlig‘i.

    4. Mukasheva Lyaziza Adilevna – Clarivate kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi rasmiy vakili.

    5. Paramonov Sergey Viktorovich – John Wiley & Sons, Rossii va MDH davlatlarining hududiy rasmiy vakili.


 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>