
1970-yildan buyon faoliyat yuritayotgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Botanicheskaya” podstansiyasi bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda.
Modernizatsiya doirasida:
• 40 MVA va 63 MVA quvvatli eski transformatorlar o‘rniga 2 ta zamonaviy 80 MVA transformator o‘rnatildi.
• Elektr uskunalari, rele himoyasi va avtomatika tizimlari ham yangilanmoqda.
Natijada podstansiyaning quvvati sezilarli oshadi va:
• elektr ta’minoti yanada barqaror bo‘ladi;
• yuqori yuklama vaqtlarida nosozliklar xavfi kamayadi;
• aholi va tadbirkorlar sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Video “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi
Manba: https://t.me/poytaxt_uz/51276
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati