2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: Namangan viloyatining yuqori kuchlanishli energetika obyektlari faoliyati o‘rganildi
  • 26.06.2026
  • 43

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari B.H.Murodov magistral elektr tarmoqlari obyektlarida olib borilayotgan ekspluatatsiya va modernizatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Namangan shahrida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli “Shimoliy” hamda “Vokzal” podstansiyalarida bo‘ldi.

 Xizmat safari davomida “Shimoliy” podstansiyasida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv sinflari hamda zamonaviy o‘quv stendlari ko‘zdan kechirildi.

⚡️ Shundan so‘ng 110/6 kV kuchlanishli “Vokzal” podstansiyasidagi modernizatsiya va rekonstruksiya jarayonlari bilan ham tanishildi.

⇒ Tashrif davomida loyiha ijrosi va bajarilayotgan ishlar muhokama qilinib, tegishli topshiriqlar berildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot