2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
OAV va jamoatchilik bilan ishlash
BARQAROR ENERGIYA TAʼMINOTI: Mahalliy quvat ham, salohiyat ham yetadi — Feruz Qurbonov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari
  • 21.05.2026
  • 4

#Bugunning_gapi

⇒ BARQAROR ENERGIYA TAʼMINOTI: Mahalliy quvat ham, salohiyat ham yetadi — Feruz Qurbonov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari

Bugungi kunda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda 7 ta investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun 644 mln dollar kredit mablag‘lari jalb qilingan.

Mazkur loyihalar doirasida hududlarda 719,0 kilometr elektr uzatish tarmog‘i tortish, 3 770 megavolt amper qo‘shimcha quvvat yaratish hamda SCADA va ERP tizimlarini joriy qilish rejalashtirilgan.

Umuman, investitsiya dasturi loyihalari ko‘lami ancha keng. Xususan, 2026-yil investitsiya dasturiga asosan jami 516,6 mln dollar investitsiyalar, xususan, 232,5 million dollar xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘larini o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi loyihalar doirasida 355 kilometr uzunlikdagi 110-220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya ishlarini yakunlash hamda podstansiyalarda 1400 megavolt amper qo‘shimcha quvvat yaratish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2027-2030-yillarda magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarini rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yagona energetika tizimiga integratsiya qilishga qaratilgan loyihalar doirasida 220-500 kVli 6 200 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 9 262 megavolt amper quvvatga ega 12 ta podstansiya qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bugungi kunda xalqaro moliya institutlari (Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Fransiya taraqqiyot agentligi, Standart Chartered Bank va boshqalar) bilan qariyb 1,0 milliard dollar miqdoridagi uzoq muddatli va imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish ishlari olib borilmoqda.

Bundar tashqari, davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha Standart Chartered Bank, JP Morgan, KfW Development Bank hamda Abu Dhabi Commercial Bank kabi xorijiy moliya tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.



⇒ «Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2026-yil 19-may kungi 100 (1699)-soni mutolaa uchun  havola qilinadi.

Shuningdek, ushbu sonda eʼlon qilingan maqolalarning ayrimlarini quyidagi havolalar orqali elektron shaklini o‘qishingiz mumkin.

 Yer munosabatlari: 49 yillik ijara huquqi va mulkdorlik hissi

 “Prezidentimiz yo‘llanmasi bilan muqaddas haj ziyoratiga borishimizni eshitib ko‘z yoshimni tiya olmadim”

 Fantastik filmlardagi temir robot emas

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati