2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida ishtirok etish uchun 17-18-may kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda boʻladi
  • 17.05.2026
  • 29

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17-18-may kunlari amaliy tashrif bilan Boku shahrida bo‘ladi.

O‘zbekiston yetakchisi BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Forum shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligi va uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.

Tashrif doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: https://president.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati