2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Magistral elektr tarmoqlari filialida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi  o‘tkazildi
  • 16.04.2026
  • 4

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 24-fevraldagi ko‘rsatmasiga binoan, haftaning har payshanba kuni yoshlar bilan ishlashga bag‘ishlangan. Ushbu tashabbus yosh avlodni har tomonlama rag‘batlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu munosabat bilan, “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filial direktori Ravshan Usmanovich Ibragimov yosh xodimlar bilan bevosita suhbatlashib, ularning muammo va takliflariga quloq tutdi.

✅  Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yosh muhandislar sohaga oid yangi g‘oyalar va mehnat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdilar. Har bir murojaat rahbariyat tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tushuntirishlar berildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot