2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli “Navro‘z” podstansiyasida profilaktika ishlari amalga oshirildi
  • 27.01.2026
  • 32

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli, Sayxunobod tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Navro‘z” podstansiyasida belgilangan rejaga muvofiq profilaktika ishlari bajarildi.

⚙️ Profilaktika tadbirlari doirasida 110 kV kuchlanishli Navro‘z–2 havo elektr uzatish liniyasi o‘chirgichi, 110 kV kuchlanishli liniya ajratkichi (RL-110 kV) hamda 110 kV kuchlanishli shinalar ajratkichi (RSh-110 kV) ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, 110 kV kuchlanishli VMT rusumli moyli o‘chirgichda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan kontakt qizish holatlari maxsus teplovizor qurilmasi yordamida tekshirildi.

⚡️ Aniqlangan qizish holatlari bartaraf etilib, uskunalarning ishonchli va barqaror ishlashi ta’minlandi. Ushbu ishlar elektr ta’minoti tizimida avariyaviy holatlarning oldini olish, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot