
⚡️ BO‘SH ISH O‘RNI: Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhiga SCADA yetakchi dasturchi muhandis
⇒ TA’LIM:
Oliy ma’lumot: Elektr muhandisligi, avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari, telekommunikatsiyalar, kompyuter muhandisligi yoki shu kabi tegishli texnik sohada bakalavr darajasi yoki undan yuqori. Bilim darajasi (bitiruvchi reytingida Top10)
❗️ LAVOZIM MAJBURIYATLARI:
• Loyiha menejeriga elektr energetikasi tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalar (SCADA, telekommunikatsiya, optik tolali aloqa) doirasida kundalik faoliyatni muvofiqlashtirish va ijrosini nazorat qilishda ko‘maklashish;
• Texnik xujjatlar, ishlanmalar, yechinmalar broshuralari orqali kundalik bilimni oshirish, shuningdek, zamonaviy ishlanmalar, yechinmalar va protokol-standardlarni davomiy o’zlashtirish va o’rganish orqali yangi ko’nikmalar shakllantirish;
• Texnik xujjatlar, loyiha hujjatlarini, jumladan ish jadvallari, yig‘ilish bayonnomalari, vazifalar ijrosini nazorat qilish ro‘yxatlari, rasmiy yozishmalar va davriy hisobotlarni tayyorlash hamda yuritish;
• Pudratchilar, konsalting kompaniyalari va ichki bo‘limlar bilan bajarilmagan vazifalar va topshiriqlar bo‘yicha muntazam aloqada bo‘lish va koordinatsiya qilish;
• Pudratchilar tomonidan taqdim etilgan texnik hujjatlarni (chizmalar, texnik talablar, sinov va qabul qilish hisobotlari va boshqalar) ko‘rib chiqish va tahlil qilishda ishtirok etish;
• SCADA, telekommunikatsiya, podstansiya avtomatlashtirish va optik tolali aloqa tizimlarini joriy etish jarayonini monitoring qilishda ishtirok etish;
• Zarur hollarda ob’ektlarga chiqish, zavodlarda tekshiruvlar (FAT), ob’ektda qabul qilish sinovlari (SAT) va boshqa texnik tadbirlarda qatnashish;
• Shartnomalarni boshqarish bo‘yicha ishtirok: shartnoma qonunchiligi, xarid siyosati hamda xalqaro moliyaviy institutlar (Jahon banki) loyihalari doirasidagi shartnomalarni tushunish.
⇒ AMALIY KO‘NIKMALAR:
• Tahliliy fikrlash va tizimli yondashuv;
• Strategik qarorlar qabul qilish qobiliyati;
• Yuqori mas’uliyat va aniqlikka intilish;
• Jamoada samarali ishlash va yetakchilik qobiliyati;
• Axborotni tez tahlil qilish va to‘g‘ri xulosalar chiqarish ko‘nikmasi.
⇒ ELEKTRON DASTURLAR:
Excel, Word, PowerPoint – mukammal darajada bilishi zarur;
⇒ CHET TILI: Ingliz tili (IELTS>=6.5) va rus tilini mukammal bilishi zarur.
❗️ TALABLAR:
• SAS/RTU (ASU-TP) bo’yicha kamida 2 yillik ish tajribasi (loyihalashtirish ishlari, xususan chizmalar, arxitekturalari, protokollar va/yoki signallar konfiguratsiyasi va podstansiya adaptatsiya ishlarida);
• Elektr energetika uzatish tarmog’ini xususan, yuqori kuchlanishli podstansiya, liniyalar bo’yicha bilimga ega bo’lishi;
• OT (operational technology), kontrollerlar, CT/VT, Marshalling Cabinet, Merging Unit larni yahshi bilishi (afzallik).
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-66-15. 71-236-62-27
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
▪️Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati