2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Navoiy viloyati: 110 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida aniqlangan kamchilik va nuqsonlar bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 24.01.2026
  • 19

Bugun soat 12:06 da Navoiy viloyatida 110 kV kuchlanishli  L-Zarafshon elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi.

Natijada Xatirchi tumanining ayrim isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilar boshqa manbadan taʼminlanish choralari ko‘rilmoqda. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Kecha soat 16:10 da Navoiy viloyatidagi 110 kV kuchlanishli L-Zarafshon tarmog‘ida aniqlangan kamchilik va nuqsonlar bartaraf etilib, Xatirchi tumani isteʼmolchilariga elektr taʼminoti to‘liq tiklangan edi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati