2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
Kasaba uyushmasi: «Sovuq kunlardagi "qaynoq" e’tibor!»
  • 23.01.2026
  • 452

⚡️ Ob-havo keskin sovib ketgan bugungi kunda energetiklar xonadonlarimizda chiroq o‘chmasligi uchun tun-u kun xizmatda. 

✅ Toshkent, Namangan, Jizzax va Andijon magistral elektr tarmoqlari filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari ana shunday fidoyi xodimlarni kunduzgi, tonggi va tungi ko‘riklarda, uzoq masofali nazorat tadbirlarida ham yolg‘iz qoldirishmadi.

Ayni qorli-qirovli kunlarda elektr uzatish tarmoqlari, podstansiya va ta’mirlash ustaxonalari hamda dispetcherlik pultlarida ishlayotgan xodimlarda issiq taom hamda kofe ulashdilar. Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi kichik e’tibor ishchi-xodimlarimizga kuch-quvvat va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda. 

Mehnatingiz uchun rahmat, aziz energetiklar!

✍️ Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat