2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
2025-yil SARHISOBI: Korporativ boshqaruv prinsiplari asosida boshqarishga oid amaliyotlar hisobot-maʼlumotnomasi (2-sonli)
  • 13.01.2026
  • 92

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ–4249-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida belgilab o‘tilgan tartibga asosan tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustdagi PQ-303-son qaroriga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ aksiyadorlari hisoblanadi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning Boshqaruv organiga:

• Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ – aksiyador;

• Kuzatuv kengashi;

• Ijroiya organi kiradi. 

O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 74-moddasida belgilab o‘tilgan tartibga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ aksiyadorining qarori bilan Jamiyat kuzatuv kengashi huzurida kuzatuv kengashi aʼzolaridan iborat:

• Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi;

• Audit qo‘mitasi;

• Tayinlovlar va haq to‘lash qo‘mitasi;

• Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qo‘mitasi tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 75-moddasida belgilab o‘tilgan tartibga muvofiq bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ aksiyadoriнинг qarori bilan Kuzatuv kengashiga ikki nafari xalqaro tajribaga ega mustaqil aʼzolar jalb etildi.

2025-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan Korporativ munosabatlar va aktivlar bo‘limiga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar, shu bilan birga, boshqarma mutaxassislarining lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan barcha vazifa-majburiyatlar to‘liq bajarildi.

Bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar Aksiyadorlik jamiyati veb-saytining “Aksiyadorlar uchun” nomli rukniga yuklab borilmoqda.

Yodgor Mannapov, Korporativ munosabatlar  va aktivlar bo‘limi boshlig‘i

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati