

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar Jamiyat va uning filiallarida amalga oshirib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha "Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati", "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati" kabi ichki me'yoriy hujjatlar qabul qilingan va o'rnatilgan tartibda barcha xodimlarga tanishtirish va tushuntirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Yil boshidan barcha xodimlardan "Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati", "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati" bo‘yicha yillik Muvofiqlik deklaratsiyalari to‘ldirilib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida komplayens xizmati tomonidan davra suhbatlari, o‘rganishlar va treninglar tashkillashtirilmoqda.
Joriy yilining 25-dekabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Muvofiqlik tizimi komplayens xizmatining faoliyati bo‘yicha Xalqaro standart talablaridan kelib chiqqan holda Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi (ISO 37001) bo‘yicha sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Ushbu (ISO 37001) sertifikat Jamiyatning Xalqaro imidjini belgilashi bilan birgalikda, poraxoʻrlikni oldini olish, aniqlash va unga qarshi kurashishda yordam beradigan xalqaro standart boʻlib, korrupsiyaga qarshi samarali tizimni joriy etish, qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish uchun talablar va koʻrsatmalar belgilaydi.
Ushbu standart barcha turdagi tashkilotlar (davlat, xususiy, notijorat) uchun mos keladi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, shaffoflikni oshirish hamda qonunlarga rioya qilishni taʼminlashga qaratilgan.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati