

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 25.12.2025-yildagi 02-PA-1-21377-son topshirig‘iga asosan, korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazoratini takomillashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan joriy yilning 29-dekabr kuni soat 15:00da Huquqni muhofaza qilish akademiyasining majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazilib ushbu yig‘ilishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati boshlig‘i A.Raxmonov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 2025-yil 26-dekabr kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga qilgan Murojaatnomasida “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid ekanligini va korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonat” ekanligini alohida gapirib o‘tdilar. Ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” eʼlon qildilar.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni yanada kuchaytirilish to‘g‘risidagi murojjatlari yuzasidan 2026-yil uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib boruvchi Komplayens faoliyati bo‘yicha yillik reja ishlab chiqish va ish faoliyatini keskin o‘zgartirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish, jamoatchilik kengashi faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish, davlat xaridlari yo‘nalishlari, raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish singari yo‘nalishlarda faoliyatni olib borish yuzasidan topshiriqlar berilib, 2026-yil uchun har bir komplayens xizmati tomonidan Ish reja ishlab chiqilishi va ushbu ish rejaga muvofiq ishlarni tashkillashtirish belgilandi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati