
⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi SCADA bo‘yicha yetakchi dasturchi muhandisi lavozimi.
❗️TALABLAR: Oliy maʼlumotli Elektr muhandisligi, avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari, telekommunikatsiyalar, kompyuter muhandisligi yoki shu kabi tegishli texnik sohada bakalavr darajasi yoki undan yuqori. Bilim darajasi (bitiruvchi reytingida Top(10) davlat tili, shuningdek, rus va ingliz tilini bilishi lozim.
Lavozim vazifalari:
♦ Raqamlashtirish-loyiha menejeriga elektr energetikasi tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalar (SCADA, telekommunikatsiya, optik tolali aloqa) doirasida kundalik faoliyatni muvofiqlashtirish va ijrosini nazorat qilishda ko‘maklashish;
♦ Texnik xujjatlar, ishlanmalar, yechinmalar broshuralari orqali kundalik bilimni oshirish, shuningdek, zamonaviy ishlanmalar, yechinmalar va protokol-standardlarni davomiy o’zlashtirish va o’rganish orqali yangi ko’nikmalar shakllantirish; Texnik xujjatlar, loyiha hujjatlarini, jumladan ish jadvallari, yig‘ilish bayonnomalari, vazifalar ijrosini nazorat qilish ro‘yxatlari, rasmiy yozishmalar va davriy hisobotlarni tayyorlash hamda yuritish;
♦ Pudratchilar, konsalting kompaniyalari va ichki bo‘limlar bilan bajarilmagan vazifalar va topshiriqlar bo‘yicha muntazam aloqada bo‘lish va koordinatsiya qilish;
♦ SCADA, telekommunikatsiya, podstansiya avtomatlashtirish va optik tolali aloqa tizimlarini joriy etish jarayonini monitoring qilishda ishtirok etish;
♦ Zarur hollarda obyektlarga chiqish, zavodlarda tekshiruvlar (FAT), obyektda qabul qilish sinovlari (SAT) va boshqa texnik tadbirlarda qatnashish;
♦ Shartnomalarni boshqarish bo‘yicha ishtirok: shartnoma qonunchiligi, xarid siyosati hamda xalqaro moliyaviy institutlar (Jahon banki) loyihalari doirasidagi shartnomalarni tushunish.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-66-15. 71-236-62-27
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
▪️Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati