

Yashnobod tumanida joylashgan “Texnopark” majmuasida qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida maxsus texnikalar ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik tadbirida Energetika vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mas’ul vakillari ishtirok etdilar.
Qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay ob-havo sharoitlarida tezkor va samarali ishlarni tashkil etish maqsadida quyidagi texnikalar shay holatga keltirilgan:
— 51 ta ekskavator-yuklagich;
— 273 ta avariya tiklash brigadalari;
— 52 ta avtokran;
— 25 ta samosval;
— 31 ta suv tortuvchi nasos (otkachka);
— 427 ta boshqa turdagi maxsus texnikalar.
✅ Mazkur ko‘rik jarayonida texnikalarning texnik sozligi, to‘liq jihozlanganligi hamda favqulodda vaziyatlarda uzluksiz ishlashga tayyorligi baholandi.
Shunindek, anomal sovuq ob-havo sharoitida poytaxt bo‘ylab xizmatga jalb etiladigan kuch-vositalar taqsimoti o'rganildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati