

Avval xabar berganimizdek, “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali jami 111 ta podstansiya va 3740 km elektr uzatish tarmoqlari mavjud bo‘lib, ular 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyor holga keltirilgan.
⚠️ Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshchiligida energetika va kommunal tizim tashkilotlarining 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgalik darajasini o‘rganish Ichchi guruhi faoliyati yuritmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda 110/35/10 kV kuchlanishli «Yangiqo‘rgon» podstansiyasining elektr qurilma va jihozlarining mavsumdagi ishchi holati aks etgan.
MA’LIMOT O‘RNIDA: Navoiy viloyatidagi mavjud yuqori kuchlanishli energetika obyektlari ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 29 tonna transformator moyi, 1 tonna turli rusumli simlar, 2 dona SK-26 rusumli beton tayanch ustunlari, 1300 ta izolyator, 10 dona 91,2 MVA quvvatdagi transformator zaxirasi yaratilgan.
Shuningdek, avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialida 16 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular maxsus avtotransport, zaruriy ehtiyot qismlar, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlangan.
⚙️ 35-110 kV kuchlanishli 2 ta podstansiyalarning: 110/10 kV kuchlanishli “Buxoro”, 35/6 kV kuchlanishli “GPP-10” podstansiyasida materiallar xarid qilinib, hozirgi kunda taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati