

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialining Yuqori kuchlanishli havo tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi malakali mutaxassislari tomonidan kuz-qish mavsumi davomida bir qator amaliy ishlar olib borilmioqda.
Misol uchun, Filial tasarrufidagi 35 kV kuchlanishli havo tarmoqlarida qushlar qo‘nishiga qarshi maxsus to‘siqlar o‘rnatildi. Ushbu chora-tadbirlar yirik qushlarning elektr simlariga tegib zarar ko‘rishini oldini olish, shuningdek, tarmoqdagi avariyaviy holatlarning yuzaga kelish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
✅ Ma’lumot o‘rnida: Yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari tayanchlariga o‘rnatiladigan qushlarga qarshi to‘siqlar (ruscha: птицезащитное устройство – ПЗУ) muhim ahamiyatga ega bo‘lgan himoya vositalaridir.

⚠️ Bu qurilma ikki asosiy maqsadga xizmat qiladi:
1️⃣ Qushlarni elektr toki urishidan himoya qilish: Ayniqsa yirik qushlar simlarga yoki simlar bilan yerga ulangan qismlarga bir vaqtning o‘zida tegib qolishi natijasida yuzaga keladigan elektr toki urishining oldini olish.
2️⃣ Elektr uzatish liniyasini himoya qilish:
♦ Qushlarning najasi (axlati) izolyatorlar yuzasini ifloslantirishi va bu orqali qisqa tutashuv yoki izolyatorlarning xususiyatini yomonlashishi natijasida kelib chiqadigan avariyaviy holatlarning oldini olish.
♦ Qushlarning tayanch ustunida uyalar qurishiga to‘sqinlik qilish.
♦ Ba’zi turdagi QQQMlar simlarning uzilishini va liniyaning o‘chib qolishini oldini olishga yordam beradi (masalan, qushlarning simlarga qo‘nishi va tebranishi orqali).
Bunday profilaktik ishlar elektr tarmoqlarining sifatli va xavfsiz ishlashini ta’minlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!