2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
✔️ ONLINE: Magistral elektr tarmoqlari ishchi-xodimlari o‘rtasida “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda
  • 15.11.2025
  • 47

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni hamda  2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish ishlari olib borilmoqda.

⚡️ Shu maqsadida bugun, 2025-yil 15-noyabr kuni Aksiyadorlik jamiyatining “Uchqun” sport majmuasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati hamda MET filiallari xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.

✍️ Odiljon Vohidov, Aksiyadorlik jamiyati «sport targ‘ibotchisi»

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati