

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” raqamli podstansiyasiga mavjud 110 kV kuchlanishli “Uchquloch” va 110 kV kuchlanishli “Yangiqishloq” havo tarmoqlarini kirish-chiqish sxemasi orqali ulash belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PQ-361-sonli qaroriga asosan Jizzax viloyatida barpo qilinayotgan quvvati 550 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash maqsadida 220 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘larini qurish ishlari rejalashtirilgan.
⚡️ Hozirgi kunda ushbu loyiha asosida mavjud 220 kV kuchlanishli “L-20-D” elektr uzatish havo tarmog‘idan bug‘-gaz elektr stansiyasigacha 8,11 km uzunlikda kirish-chiqish sxemasi asosida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI