
Bugun, 2025-yil 4-noyabr kuni, soat 07:45 da Toshkent viloyatida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli "Toshloq", 110/35/6 kV kuchlanishli "Ulug'bek" podstansiyalarida hamda 35 kVli "L-Alimkent" lektr tarmog‘ida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv natijasida Toshkent viloyatining ayrim hududlari elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo’lgan edi.
Ayni paytda tezkor ta’mirlash brigadalari tomonidan nosozlikni bartaraf etish va ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda. Qisqa fursatda barcha nosozliklar bartaraf etilib, elektr ta’minoti to’liq tiklanadi.
⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so’raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga
a’zo bo’ling!