

Avval xabar berganimizdek, kecha, 2025-yil 3-noyabr kuni soat 22:08 da Andijon shahrining Eski oltinko‘l ko‘chasidan o‘tgan 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘iga yuk avtomobili kelib urilishi natijasida nosozlik sodir bo‘lgan edi.
⚙️ Navbatchi brigadalar tomonidan tayanch ustunining shikastlangan qismini tiklash ishlari tugatilib, soat 05:28 da elektr uzatish tarmog'iga kuchlanish berildi.
⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati