2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yo’l-transport hodisasi tufayli shikast yetgan elektr tarmog‘ida ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda
  • 04.11.2025
  • 56

Avval xabar berganimizdek, kecha, 2025-yil 3-noyabr kuni soat 22:08 da Andijon shahrining Eski oltinko‘l ko‘chasidan o‘tgan 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘iga yuk mashinasi kelib urilishi natijasida nosozlik sodir bo‘lgan edi. 

 ⚙️ Hozirda yuk mashinasi ko‘tarma kran orqali tayanch ustuni ostidan olib tashlanib, elektr tarmog’ining uzilgan simlarini ulash va tayanch ustuninig shikastlangan qismini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o’tamiz, 110 kV kuchlanishli mazkur elektr tarmog‘i orqali kuchlanish berilgan taqsimlovchi tarmoqlarga boshqa liniyalar orqali elektr energiyasini uzatish ishlari ham paralel ravishda olib borilmoqda. 

⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali

http://t.me/AndijonMET_Axborot