

Uchrashuv davomida milliy elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarning umumiy amalga oshirilish jarayoni muhokama qilindi. Loyihalar ijrosining hozirgi holati ko‘rib chiqildi hamda ishlarni samarali va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha keyingi choralar belgilandi.
Tomonlar O‘zbekiston energetika tizimining ishonchliligini oshirish va sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Investitsiya boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat