2025-yil 17-oktabr (juma) kuni soat 15:30da «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi:
1️⃣ Situatsion tahlil boshqarmasi bosh mutaxassisi;
2️⃣ Elektr tarmoqlariga ulanish sho‘basi bosh mutaxassisi;
3️⃣ Ishlarni yuritish va xo‘jalik boshqarmasi lavozimi.
❗️ Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 16-oktabr kuni soat 14.00 da to‘xtatiladi.
Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-66-15. 71-236-62-27
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
▪️Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati