2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: 500/220/10 kV kuchlanishli «Lochin» podstansiyasi — Andijon viloyati
  • 14.10.2025
  • 86

⚙️  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Andijon viloyatida joylashgan   500/220/10 kV kuchlanishli «Lochin» podstansiyasida  olib borilayotgan modernizatsiya hamda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumi davomida amalga oshirilayotgan ishlar bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Dadajon Aynaqulovich bugun modernizatsiya doirasida 500/220/10 kV kuchlanishli podstansiyada mavjud, quvvati 167 000 kVA bo‘lgan bir fazali avtotransformatorlarni quvvati 267 000 kVA bo‘lgan bir fazali avtotransformatorlarga almashtirish jarayoni bilan tanishdi, shuningdek, elektr qurilmalarining texnik-muhandislik holatini ko‘zdan kechirib, masʼul xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. 

Shuningdek, energetika obyektida ishchi-xodimlar uchun yaratilayotgan mehnat sharoiti — qurilayotgan qo‘shimcha binolar, podstansiyaning atrofini o‘rash, navbatchilar xonasini taʼmirlash ish jarayoni o‘rganildi. 

Maʼlumot o‘rnida: 2024-yil 11-may kuni 500/220/10 kV “Lochin” podstansiyasining quvvatini oshirish maqsadida mavjud AT-2 3x167 MVAli avtotransformatorlar o‘rniga 3x267 MVA quvvatli yangi avtotransformatorlar ishga tushirilgan edi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati