2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: Bo‘stonliq, Bo‘ka va Qibray tumanlarida joylashgan energetika obyektlarida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 14.10.2025
  • 74

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan:

⚙️ Bo‘stonliq tumanida joylashgan 35/6  kV kuchlanishli "G‘azalkent" podstansiyasida mavjud 4 000 kVA quvvatli T-1 kuch transformator joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. 

⚙️ Qibray  tumanida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli "Qibray" podstansiyasidagi T-1 transformator  va T-2 transformatorlari joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. 

⚙️ Bo'ka tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Ko‘k orol" podstansiyasi ochiq taqsimlash qurilmasi hamda T-2 trasformatorida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. 

Bundan tashqari, navbatchi brigadalar tasdiqlangan ish rejasi va kunlik topshiriqnomalar asosida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari hamda ta’mirlash-sozlash ishlarini 24/7 rejimi asosida bajarishmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida: Filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot