2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: “Oltin vodiy” havo tarmog‘ida ta'miralsh ishlari olib borildi
  • 10.10.2025
  • 23

⚡️ 35 kV kuchlanishli “Qo‘g‘ay” havo tarmog‘idan chiquvchi “Oltin vodiy” havo tarmog‘ining 4-raqamli tayanch ustuni “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan nazorat ko‘rigi davomida izolyator elementida mexanik nuqson (yoriq) aniqlangan.

⚙️ Texnik xizmat ko‘rsatish brigadasi tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari va amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tayanch ustida joylashgan nuqsonli izolyator demontaj qilinib, o‘rniga yangi, texnik talablarga javob beruvchi izolyator o‘rnatildi.

Bajarilgan ishlar natijasida “Oltin vodiy” havo tarmog‘ining ushbu qismida elektr uzatish ishonchliligi tiklandi hamda texnik nosozlik bartaraf etildi. 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot