2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Diqqat! 110/35/6 kV kuchlanishli "Yayilma" podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda
  • 08.10.2025
  • 88

Avval xabar berilganidek, bugun, 2025-yil 8-oktabr kuni, soat 18:25 da Andijon viloyatida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli "Yayilma" podstansiyasida chaqnash paydo bo'lishi natijasida Andijon shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo’lgan.

Ayni paytda tezkor ta’mirlash brigadalari tomonidan chaqnash oqibatlarini bartaraf etish va ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda. Qisqa fursatda barcha nosozliklar bartaraf etilib, elektr ta’minoti to’liq tiklanadi.

⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so’raymiz.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati