Loyihalar
«Surxon-Puli-Xumri» (Xo‘ja-Alvon) loyihasi
  • 16.10.2019
  • 1287

«Surxon-Puli-Xumri» (Xo‘ja-Alvon) loyihasi

    O‘zbek xalqida bir dono maqol bor: «Qo‘shning tinch — sen tinch». Bu jumlani xalqaro diplomatiya tushunchasi bilan ifoda etsak, qo‘shni davlatlardagi tinchlik-farovonlikdan biz ham manfaatdormiz. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida: «Afg‘oniston xavfsizligi — bu O‘zbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotning garovidir», deya ta’kidlab o‘tgan edi.

    Afg‘oniston bilan qo‘shnichilik aloqalarini yaxshilash, uning chegaradosh hududlariga elektr energiyasini eksport qilish, bu orqali mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el valyutasi oqimini oshirish, Respublikamizning xalqaro maydondagi mavqeyini oshirish maqsadida kuchlanishi 500 kV li «Surxon-Puli-Xumri» (Xo‘ja-Alvon) elektr uzatish liniyasi qurilishi loyihasini O‘zbekiston hududida amalga oshirmoqdamiz. Liniyaning trassasining umumiy uzunligi 245,6 km bo‘lib, uning 45,0 kilometri Surxondaryo viloyati hududidan, 200,6 km esa Afg‘oniston hududidan o‘tadi.

 

>