Yangiliklar
Afg'onistonning "Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasi hamda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan investitsion loyiha yuzasidan kelishuv-shartnomalar imzolandi
  • 28.12.2020
  • 653

   Joriy yilning 22-dekabr kuni "Da Afghanistan Breshna Sherkat" (DABS) kompaniyasi Ijroya direktori Safiulloh Ahmadzay boshchiligida delegatsiya "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparati binosiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni jamiyat boshqaruv raisi D.Isaqulov hamda ma'muriyat a'zolari kutib olishdi.

 

   Shuningdek, delegatsiya a'zolari: Afg'onistonning O'zbekistondagi favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Xolid Elmiy, "DABS" kompaniyasi ma'muriyati rahbari Bashir Ahmadzay, "Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasi Islohotlar va daromadlar sho`'basi boshlig'i Shohir Dashtiy, Kompaniyaning rejalashtirish boshqarmasi boshlig'i Xo'ja Mas'ud Sidaikyor, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari boshqarmasi boshlig'i Omon Siyor Safar, "DABS" kompaniyasi tashqi aloqalar boshqarmasi rahbari Muhammad Ummon, "Surxon–puli-Xumri" loyiha guruhi boshlig'i Zabihilloh Oqil va Moliya vazirligi iqtisodiy bitimlar boshqarmasi katta noziri Is'hoq Barakilar o'tkazilajak muzokaralar hamda kelishuvlarda bevosita ishtirok etish uchun tashrif buyurishdi.

 

   Mazkur tashrif doirasida ikki davlat o'rtasida do'stona aloqalarni yanada mustahkamlash, Afg'oniston Islom Respublikasi bilan elektr energetika tarmog'ida hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama etildi va 2020-yil 25-dekabr kuni "O'zbekiston MET" AJ hamda "Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasi o'rtasida "500 kv kuchlanishli Surxon–puli-Xumri havo elektr uzatish tarmog'i qurish" loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuv-shartnomalar imzolandi. Shuningdek, shartnoma shartlariga muvofiq kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar hamda chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

 

   Shu o'rinda bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, bo'lib o'tgan ikki tomonlama muzokaralarda videomuloqot orqali Osiyo taraqqiyot bankining vakillari, ekspertlar ham ishtirok etib, moliyalashtirilayotgan investitsion loyihaning xalqaro talablari, amaliyot bosqichlari va muddatlari haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

   Avval xabar berganimizdek, mazkur loyiha 2021-2023-yillar davomida amalga oshirilib, elektr uzatish tarmog'ining umumiy uzunligi 245,6 km tashkil etadi. Shundan 45 kilometr uzunlikdagi tarmoq O'zbekiston, 200,6 kilometr uzunlikdagi elektr tarmog'i esa qo'shni Afg'oniston hududida joylashgan.

Qo'shimcha ma'lumotlar bilan
uzbekistonmet.uz veb-saytida tanishing:

500 kv li "Surxon–puli-Xumri" (Xo'ja-alvon) elektr tarmog'ini qurish investitsion loyihasining qurilish-montaj ishlari jadallashtiriladi: http://uzbekistonmet.uz/oz/

Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi: 2030-yilga qadar 24 ta loyiha amalga oshiriladi: http://uzbekistonmet.uz/oz/

"3 ta 167 MVA transformatorli 500/220 kv li "Oltinsoy" podstansiyasi qurilishi" loyihasi: http://uzbekistonmet.uz/oz/

"O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati: Prezident qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatida yirik investitsion loyiha boshlandi: http://uzbekistonmet.uz/oz/

Afg'onistonning "DABS" shirkati bilan hamkorlik imzolangan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshirilmoqda: http://uzbekistonmet.uz/oz/

5,0 mld kVt•soat elektr energiyasi qayerda?! http://uzbekistonmet.uz/oz/

Markaziy Osiyo va Afg'oniston energetiklari Toshkentda: http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

«Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати

t.me/uzmetaxborotxizmati

>