Yangiliklar
MAROQLI DAM OLISH DAVRIDAGI SAMARALI AMALIYOT
  • 18.12.2020
  • 752

   Bilasizmi, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida bir ajobiy an'ana bor: ichki imkoniyatlarni ishga solgan holda mutaxassis-xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida tez-tez o'quv seminarlari, malaka oshirish kurslari tashkil etib turiladi.

 

   Ichki imkoniyat deyilganda, Jamiyatda mavjud Ustoz-murabbiylar guruhi, ya'ni "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJda mehnat faoliyati olib borayotgan, ilmiy darajaga ega mutaxassis kadrlarning bilim-tajribasi hamda pedagogik mahoratidan foydalanishdan tortib, malaka oshirish amaliyotlarini Jamiyat tarkibidagi korxonalarda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari jarayonida o'tkazishlargacha bo'lgan an'anaviy ishlar nazarda tutilmoqda.

   Misol uchun, pandemiya karantini davrida ham "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati ma'muriyatining qaroriga muvofiq haftaning shanba kunlarida online rejimidagi o'quv mashg'ulotlari o'tkazish belgilangan edi.

 

ONLINE REJIMIDAGI O'QUV MASHG'ULOTLARI: "ELEKTR USKUNALARI EKSPLUATASIYASI»

http://uzbekistonmet.uz/oz/
 

   Shu bilan birga, xorijlik mutaxassislar ishtirokida ham bir necha marotaba onlayn muloqot shaklidagi o'quv kurslari, seminar-treninglar tashkil etildi, Jamiyat tarkibidagi filiallarda faoliyat olib borayotgan o'rta bo'g'in rahbar kadrlarining malakasi oshirildi.

 

2019-YIL SARHISOBI: "2020-YILDA 40 TA ISH O'RNI YARATILIB, 305 NAFAR XODIMLARINING MALAKASI OSHIRILADI»

http://uzbekistonmet.uz/oz/

ENERGETIKA TIZIMIGA TATBIQ ETILAYOTGAN RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR: PETERBURG ENERGETIKA MALAKA OSHIRISH INSTITUTI BILAN HAMKORLIKDA MASOFAVIY O'QUV MASHG'ULOTLARI TASHKIL ETILDI

http://uzbekistonmet.uz/oz/

ENERGETIKANING ASOSIY XUSUSIYATLARI: TA'MINOTNING BARQARORLIGI HAMDA ISHONCHLILIGI, ISHLAB CHIQARISHDA XAVFSIZLIK VA RIVOJLANAYOTGAN ZAMONAVIY DUNYO TALABLARIGA MOS SAMARADORLIK

http://uzbekistonmet.uz/oz/

ENERGETIKA SOHASINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONI VA UNING YAQIN KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI: Peterburg energetika malaka oshirish instituti bilan hamkorlikdagi onlayn o'quv kursida 20 nafar mutaxassis-xodimlarimiz malaka oshirishmoqda

http://uzbekistonmet.uz/oz/
 

   Bu safar Jamiyat ma'muriyati malaka oshirish jarayonini xodimlarning sog'lig'ini tiklash, xordiq olishi bilan uyg'unlashtirishga qaror qildi.

   Aniqrog'i, energetika sohasida dunyoqarashi keng, aniq maqsadli va zamon bilan hamnafaslikda shakllanayotgan xodimlarni muntazam o'qitish va uni samarali amalga oshirish, hozirgi pandemiya sharoitini inobatga olib, xodimlarning sog'lig'ini va xavfsizligini ta'minlash maqsadida Jamiyat tasarrufidagi "Nurafshon" sanatoriyasida 2020-yil dekabr oyidan 2021-yil mart oyigacha malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

"NURAFSHON" SANATORIYASI YURTIMIZNING ENG GO'ZAL VA SO'LIM MASKANLARIDAN BIRIDA JOYLASHGAN

http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

   Avvalo, "Nurafshon" sanatoriyasi tomonidan filial xodimlarining malakasi oshirilishi va uni samarali tashkillashtirish uchun ijtimoiy soha ob'ekti maxsus jihozlandi, so'ngra xodimlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan malaka oshirishi rejalashtirilayotgan xodimlar ro'yxati shakllantirildi. Ustoz-murabbiylar guruhi tomonidan zamonaviy o'qitish usullari va yo'nalishlar aniqlanib, ishlab chiqilgan reja-jadvalga asosan yo'nalishlar bo'yicha nazariy hamda amaliy mavzular belgilandi.

 

   Ushbu reja-jadvaliga asosan dam olib, sog'lig'ini tiklashga "Nurafshon" sanatoriyasiga yo'l oladigan mutaxassis-xodimlar hududiy filliallar tomonidan xizmat safariga yuborilmoqda.

   Malaka oshirishga yuborilayotgan mutaxassis-xodimlarini sog'lig'i bo'yicha o'quv kurslari boshlanishidan oldin 5 kun ichida "Covid-19"ga test tahlili topshirishi majburiy etib belgilandi.

Bugun "Nurafshon" sanatoriyasida 2020-yil 9-dekabrdan bugungi sanagacha — 18-dekabrgacha davom etgan "Elektr texnika nazariyasi asoslari" bo'yicha 14 ta filiallarning 22 nafar elektromontyorlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o'z nihoyasiga yetmoqda.

 

   Darslar Jamiyatning ustozlar guruhi rahbari — Texnologik sarflarni tahlil qilish bo'limi boshlig'i S.Eshonqulov hamda "Farg'ona MET" filiali direktori G'.Shermatovlar tomonidan olib borildi.

   O'quv jarayonilari mobaynida, "Nurafshon" sanatoriyasi bosh xakimi O.Xasanov tashabbusiga ko'ra, elektr montyorlarning sog'liklarini tiklash va mazmunli xordiq olishlari uchun turli tibbiy muolajalar, madaniy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>