Korrupsiyaga qarshi kurashish
MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENS FAOLIYATIGA MASʼUL XODIMLAR UCHUN O‘QUV KURSLARINING NAVBATDAGI DASTURI BO‘LIB O‘TDI
  • 16.10.2024
  • 84

  Joriy yilning 7-9-oktabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida navbatdagi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.

  Unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati 2-toifali mutaxassisi A. Raxmonov ham ishtirok etdi.

  Mazkur o‘quv kurslari doirasida, monopoliyaga qarshi komplayens va Davlat xaridlari bo‘yicha masʼul xodimlariga monopoliyaga qarshi tartibga solish, narx va tariflarni nazorat qilish, shuningdek, insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish, moliyaviy jarimalarni qo‘llash holatlari va tartibi hamda ularni oldini olish kabi yangi qoidalar haqida maʼlumotlar berildi.

  Shuningdek, raqamli platforma operatorining ustun mavqei va ustun muzokara kuchini eʼtirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartiblari yuzasidan kurs tinglovchilarining 100 dan ortiq berilgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar berildi.

  O‘quv kursi yakunida tinglovchilarning monopoliyaga qarshi komplayens sohasini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalari va takliflari birgalikda muhokama qilinib o‘quv seminar so‘ngida tinglovchilarga kurs bo‘yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>