O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarorining 7-bandida davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash uchun onlayn test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ va uning tasarrufidagi filiallarning rahbar hamda xodimlari Adliya vazriligi tomonidan, Bosh prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan holda, “Manfaatlar to‘qnashuviga oid” test savollarida faol ishtiroki ta’minlandi.
Ushbu test savollari orqali Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab borishga erishildi.
✍️ Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati