“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2023-yil 27-oktabrdagi 18-sonli yig‘ilish bayoniga asosan elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, ya'ni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Yangi-Angren IES” AJ, “Angren IES” AJ, “Toshkent IES” AJ, “Tolimarjon IES” AJ, “Navoiy IES” AJ, “Taxiyatosh IES” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish tariflari hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Buxoro HETK” AJ va “Farg‘ona HETK” AJ uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qilish, shu bilan birgalikda, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun elektr energiyasini transportirovka qilish (uzatish) xizmati tariflari bo‘yicha yangi ichki soha tarmoq tariflari tasdiqlanganligini ma'lum qiladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ichki tarmoq tariflari elektr energetika korxonalari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun belgilangan bo‘lib, elektr energiyasining yakuniy iste'molchilariga (abonentlarga) tatbiq etilmaydi va elektr energiyasining iste'mol tarifga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Elektr energiyasini xarid qilish va sotish bosh boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati