Xotin-qizlar
Seminar mavzusi: Markaziy va Gʻarbiy Osiyodagi operatsiyalarda gender va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha choralarni birlashtirish
  • 09.10.2023
  • 193

Ayni paytda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tashkil etilgan seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Osiyo taraqqiyot banki doimiy vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya xonim, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva va boshqa rasmiy vakillar ishtirok etib, seminarni ochiq deb e’lon qilishdi.

❗️Ma’lumki, global iqlim o‘zgarishi — birinchi galda aholining zaif qatlamlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Iqlim siyosatiga gender jihatlarni joriy qilish va barqarorligini ta’minlash —bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Seminarda shu kabi muammolar yechimi muhokama etilmoqda.

Eslartib o‘tamiz, seminar ishida «O‘zbekiston MET» AJ Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i, Aksiyadorlik jamiyati Oila va xotin-qizlar kengashi raisi Feruza Xadjimuratova ham faol ishtirok etmoqda.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>